Бош прокурор Бухородаги сайёр қабулида суд қарорлари устидан 186 та шикоятни қабул қилди



 
  Расм манбаси : gazeta.uz

Шундан 14 таси маъмурий, шунчаси иқтисодий, 43 таси фуқаролик ва 115 таси жиноят ишларига тааллуқли

Ўзбекистон Республикаси Бош прокурорининг 2-3 апрель кунлари Бухоро вилоятида ўтказган сайёр қабулида аҳолининг суд қарорлари устидан 186 та шикоят аризаси қабул қилинган. Шундан 14 таси маъмурий, шунчаси иқтисодий, 43 таси фуқаролик ва 115 таси жиноят ишларига тааллуқли.

Бош прокуратура хабарига кўра, икки кун давомида 1000 нафардан ортиқ аҳолидан 695 та ариза қабул қилинган.

Суд қарорлари юзасидан мурожаатлар бўйича барча «дело»лар Бош прокуратурага чақиртирилиб, ўрганиладиган бўлди. Шунингдек, суриштирув ва терговга оид 63 та «иш» юзасидан қонунийликни таъминлаш бўйича тегишли чоралар кўришга топшириқ берилди.

Эслатиб ўтамиз, Бош прокурор Отабек Муродов жорий йилнинг 25 март куни Тошкент шаҳрида ўтказган сайёр қабулига шикоят билан келган фуқароларнинг 90 фоизи суд органларидан норози эканини айтган эди.

2019-04-04 20:51:17  |  2223 |   0  | 

1 изоҳлар

Men oddiy bir ustaman va oilamni halol va mashaqqatli mehnatim bilan boqib kelyapman oilaliman 2 nafar farzandim va pensioner Ota -Onam bor . Menga avvaldan tanish bölgan Salomov Shuxrat 2021 yilni may oylarida ish taklif qilgan edi va men ishni 1 oylarda tugatib berishimni aytib oğzaki " telegram ishtimoiy tarmoğida yozma " ravishda ishni kelishdik va Salomov Shuxrat menga qurilish mollarini öz vaxtida yetkazmasdan va yaroqsiz xom ashyolarni yetqazib berib ishimizni chala topshirib ketishga undadi lekin men mahsulotlarni yaroqsiz ekanligini aytib 1 kivadrat joyga abrozes urib körsatib xoxlasangiz shu yaroqsiz bölsayam qurilish mollari bilan ishimizni bitqazib berishimiZni aytdim. Va Salomov menga böladi aka bu mahsulotlarga pul tölamasdan olishlarini aytib rozilik bildirgan va ishimiz yakunlangach polni kafel terish qismiga göyoki moddiy mablaği yetmaganligi sabab kafel terish ishini qoldirib bajarilgan ishlarimizni tölashlarini aytdilar va kelishganimiz (35.000 söm kafel terish xizmat haqqimizni "50.000 sömdan ushlab qolishlarini bunga rozi bölmasam bajarilgan ishlarimni kechiktirishda bizlarni ayblashlarini va ishimizni chala tashlab ketishda bizni ayblashini aytib qaysidir ma'noda mendan pora talab qildi " ) va men 2 yildan buyon ish haqqimni Salomovdan undirish maqsadida ichkiishlarga pirakiraturaga va Toshkent shaxar mirobod tumanlararo fuqarolik sudiga ariza bilan murojoat qildim va 1 chi instansiya sudida mening murojoatim qisman qanoatlantirilib ish haqqim undirib berildi . Ammo Salomov Toshkent shaxar sudiga apelliyasiya shikoyati bilan murojoat qilib yolğonlari evaziga menga chiqarilgan qarorni asossiz ravishda bekor qilishdi va men adolat izlab kasassieya shikoyatini yozib oliy sudga murojoat qildim va oliy sudda Oybek Qodirov mening dallillarimni qabul qilmasdan arizamni asossiz ravishda bekor qilib toshkent shaxar sudini yolğon körsatmalar asosida chiqargan qarorini öz kuchida qoldirdi . Shu masalada yordamingiz zarur edi va men bu aldoqchi firibgar poraxörni sudyalar qöllab quvatlashini qoralayman.........!!!! Hurmat bilan Abdiyev Baxtiyor Omondilloyevich 06.05.2023 yil



Изоҳ қолдириш







Кириш Регистрация
Парольни унутдингизми?
Кириш Регистрация
Кириш Регистрация
Регистрация